Free Web Site - Free Web Space and Site Hosting - Web Hosting - Internet Store and Ecommerce Solution Provider - High Speed Internet
Search the Web

gerb Samarqand Davlat Chet Tillar Instituti

Click for English Version France Germany Korea Italy

Samarkand State Institute of Foreign Languages
3D"Uzbek
Institut tarihi.  История института. History of the institute.
Samarkand
Yotoqhona
Sportzal
Ilmiy kengash honasi


Majlislar zali

Boshlangiz sahifaga qaytish

Agar hohlasangiz........

O’zbekiston Respublikasining mustaqilligini mustahkamlash va uni saqlash ko’p jihatdan bilimli, qobiliyatli, uddabiron yoshlarga bog’liqdir. Yoshlarni har tomonlama to’la shakllangan, jamiyatning barkamol a’zolari sifatida tarbiyalab voyaga etkazish oliy ta’lim tizimining eng muhim vazifasiga aylanib bormoqda. Bunday vazifalarni amalga oshirish ta’lim tizimini jahon andozalari darajasida qayta qurish va chet tillarni mukammal o’rganish va o’rgatish orqali ta’minlanishi lozim.

Samarqand chet tillar instituti horijiy tillar sohasida kadrlar tayyorlashni jadallashtirish, mintaqadagi korxonalar va muassasalarning halqaro aloqalarini rivojlantirish va ularni yuqori malakali mutaxasislar bilan ta’minlash maqsadida tashkil etilgi.

Shu munosabat bilan O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 1994 yil 8 noyabr farmoni va vazirlar mahkamasining 1994 yil 9 noyabr qarori asosida Samarqand Davlat Universiteti tarkibidagi chet tillar fakulteti Chet tillar instituti sifatida faoliyat ko’rsata boshladi. Yangi tashkil etilgan institutning asosiy yo’nalishlari etib quyidagilar belgilandi: filologiya sohasida yuqori malakali mutahasislar tayyarlash, chet tillar bo’yicha pedagoglar, tarjimonlar va ekskursiya olib boruvchilar, maktabgacha tarbiya pedagoglari ( chet tili mutahasisligi bilan ) tayyorlash, o’quv jarayonida yangi jadal o’qitish texnologiyalarini joriy qilish va institut moddiy texnika bazasini mustahkamlash, rivojlantirish va studentlarning ta’lim olishi uchun qulay sharoit yaratish.

Navqiron institut O’zbekiston Respublikasining madaniy ijtimoiy hayoti va uning kelajakdagi rivoji uchun ulkan hissa qo’shib kelmoqda. Institutning mazmunli faoliyati davomida quyidagi asosiy yo’nalishlar amalga oshirildi. 6 ta fakultet, ingliz, nemis, fransuz ixtisosligi, tarjimonlik gid ekskursovodlar, maktabgacha tarbiya pedagogikasi va psixologiyasi, malaka oshirish fakultetlari o’z faoliyatini davom ettirmoqda. Bundan tashqari hozirgi kunda italiyan, arab, fors, turk, koreys tillari ikkinchi til sifatida o’qitilmoqda. 1995 yildan beri Samarqand Davlat chet tillar instituti 1262 ta yash mutahasislarni etkazi berdi.